Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi "Al Arabi" — OKMK uchrashuvidan oldin mezbonlar futbolchisi Rafinya Alkantara matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bo‘lajak o‘yin guruh bosqichi yo‘llanmasini taqdim etishini inobatga olsak, qiziqarli ruhda o‘tadi. Muxlislar qo‘llab-qullatlovi esa bizga kuch beradi. Shunga qaramay, xotirjamlikka berilmaymiz, aksincha, ushbu bosqichdan o‘tish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Joriy yil Qatar amirligi kubogini qo‘lga kiritdik. Endilikda o‘z tajribamizni Osiyo Chempionlar ligasida namoyon etishga harakat qilamiz", dedi braziliyalik hujumkor yarim himoyachi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar