“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin o‘z fikrlarini bayon qildi.
Saudiya klubi Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli” jamoasi bilan o‘z maydonida o‘ynaganiga qaramay, 88-daqiqagacha 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan edi.
Biroq o‘yinning so‘nggi daqiqalarida raqib darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan riyodliklar yakunda 4:2 hisobida zafar quchdi.
- Qiyin o‘yin. Lekin Osiyo Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqish yo‘lidagi muhim g‘alaba! Oxirigacha ishonchingizni yo‘qotmang! Hech qachon taslim bo‘lmang!, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing