date
views 166

Sambochilarimiz Jahon kubogini 18 ta medal bilan yakunlashdi

Sambochilarimiz Jahon kubogini 18 ta medal bilan yakunlashdi

Foto: t.me/uzbekistan_sambo
Qirg‘izistonning Cho‘lpon - Ota shahrida sambo va jangovar sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon kubogi yakunlandi.

Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan sambochilar 24 ta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi. E’tiborlisi, bellashuvlarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 18 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza) medalga ega chiqishdi.

Terma jamoamiz safida sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishing:

Oltin:
-59 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)
-88 kg: Sohib Hasanboyev (jangovar sambo)
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)

Kumush:
-72 kg: Gulina Obloqulova (jangovar sambo)
-64 kg: Sardor Olimjonov
-71 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev
-98 kg: Ne’mat Yoqubov
-50 kg: Gulsevar O‘roqova
-58 kg: Egambergan Iskandarov (jangovar sambo)
-71 kg: Oybek Soliyev (jangovar sambo)
+80 kg: Hosiyat Masharipova

Bronza:
-71 kg: Ubaydullo Mo‘minov
-98 kg: Mirzohid To‘xtashev
-59 kg: Mamlakat Sultonova (jangovar sambo)
-58 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo)
-88 kg: Zafar Ahrorov (jangovar sambo)
-54 kg: Farog‘at Nurmamatova
-72 kg: Begoyim Hayitova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sambochilarimiz Jahon kubogini 18 ta medal bilan yakunlashdi