06:58 / 29.08.2023
421

A Seriya. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda "Kalyari" "Inter"ga mag‘lub bo‘ldi

A Seriya. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda "Kalyari" "Inter"ga mag‘lub bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turida “Inter” 28 avgust, dushanba kuni “Kalyari”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida milanliklar 2 ta gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Dastlab Denzel Dumfris o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, bir oz vaqt o‘tib, Lautaro Martinez “nerazzuri”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Qayd etib o‘tish joiz, 85-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Zappaning o‘rniga maydonga tushirildi.

“Inter” mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shomurodov to‘p surayotgan “Kalyari” esa 1-turdagi durangdan so‘ng mag‘lubiyatga uchradi.


A Seriya

2-tur bahsi

28 avgust, dushanba

“Kalyari” – “Inter” 0:2

Gollar: 0:1 – 21 Dumfris, 0:2 – 30 Martines.

“Kalyari”: Radunovich, Zappa (Shomurodov, 85), Dossena, Obert, Aujello, Nandes, Yankto (Assi, 60), Makumbu, Oristanio (Di Pardo, 46), Sulemana (Deyola, 85), Pavoletti (Luvumbu, 35).

“Inter”: Zommer, Dumfris (Kuadrado, 71), Darmian, de Vrey, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 71), Mxitaryan (Sensi, 82), Chalhano‘g‘lu, Barella (Frattezi, 71), Tyuram (Arnautovich, 77), Martines.

Ogohlantirishlar: Mxitaryan (81), Luvumbu (81).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda "Kalyari" "Inter"ga mag‘lub bo‘ldi