01:30 / 31.08.2023
155

Samvel Babayan: "Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim"

Samvel Babayan: "Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim"

Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – OKMK uchrashuvidan so‘ng, namanganliklar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

- O‘yin haqida

- O‘yin kurashlarga boy kechdi va hammaning e’tiborini tortdi. Bugun juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, lekin ulardan foydalana olmadik. Bir nechta o‘yindan buyon shunday holat ro‘y bermoqda. To‘g‘risini aytsam, yigitlarni nima sababdan tergashni bilmayman. To‘p darvozaga kirmayapti.

- "Navbahor" bugun yana ochko yo‘qotdi. "Paxtakor" o‘rtasidagi ochkolar farqi 7 taga yetdi. Joriy mavsum chempionlik poygasi yakunlandi deb hisoblasak bo‘ladimi?

- Obyektiv fikrlasak, 7 ochkolik farq ancha katta. Hozir biz "Paxtakor"ni quvib yetish emas, keyingi uchrashuvlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Har bir keyingi uchrashuvga yuz foiz tayyor bo‘lish bizning asosiy vazifamiz. Yana bir bor takrorlayman, o‘yin sifati bo‘yicha hech kimdan qolishmaymiz. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinda tushunarsiz holat ro‘y berdi. Himoyachimiz ketma-ket ikki marotaba yiqilib tushdi va o‘sha vaziyatlardan so‘ng ikkita gol o‘tkazib yubordik. Barcha gap so‘zlarni unutib, barcha e’tiborni o‘yinimizga va ruhiy holatimizni yaxshilashga qaratamiz. Chempionat yakunida esa nechinchi o‘rinni egallaganimizni bilib olamiz.

- "Navbahor" mavsumdagi asosiy vazifalaridan biri, ya’ni chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqanidan so‘ng, qatorasiga ikki uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Ruhiy tayyorgarlikda muammo bormi? Futbolchilaringizning omadi kelmayotganining qandaydir sababi bormi?

- Klub uchun o‘ta muhim bo‘lgan uchrashuvlardan so‘ng emotsional charchoq bo‘ladi. Biz Jizzaxda raqibni o‘yin bo‘yicha mag‘lub etdik. 13 ta burchak zarbasi va juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratdik. Sabab nimada deysizmi? Bunga sabab, biz yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmayapmiz. Futbolchilar bugun kuchli motivatsiya bilan maydonga chiqishdi.

- Ikki turdan buyon futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqda. Zaxira futbolchilarga imkon berish vaqti kelmadimi yoki zaxira futbolchilarining darajasi yetarlicha emasmi?

- Charchoq alomatlarini qayerda sezdingiz?

- "So‘g‘diyona"ga qarshi kechgan uchrashuvda 60-daqiqasidan so‘ng jamoa umuman hujum tashkil qila olmadi...

- Biz ikkinchi taymda faqat hujum qildik. Agar jamoa charchab qolsa, himoyalanadi. Biz esa 95-daqiqada ham hujumda edik. Bu sizning fikringiz, men fikringizga qo‘shilmayman. "Rotatsiya" qilish masalasiga keladigan bo‘lsak, bugun futbolchilarga imkon berdik va ular o‘yinni kuchaytirishdi. Yaxshiboyev o‘z vaziyatidan foydalana olganida, o‘yin boshqacha yakun topar edi. Ostonda ham kamida beshta vaziyat bo‘ldi, naqd beshta. Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Gol ura olmayotganimiz – psixologik muammo. Men ushbu savolga hali javob topa olmadim"