01:37 / 01.09.2023
419

Vitaliy Levchenko: "Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali"

Vitaliy Levchenko: "Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida fikringiz...

- O‘yin shiddatli va emotsiyalarga boy bo‘ldi. Ko‘p vaziyat yaratdik, ammo unumli foydalana olmadik. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni bizga xalal berdi, boshqa bir vaziyatda esa o‘zimiz yakuniga yetkaza olmadik. To‘g‘risi, golning bekor qilinganiga juda katta shubham bor.

- "Neftchi" jamoasi bugun faqat bir qanot orqali o‘ynagandek ko‘rindi. Ushbu holatga sizning fikringiz qanday?

- Fikringizga qo‘shilmayman. Yaqqol golli vaziyatimiz Adhamzodaning qanotidan tashkil etilmadi. Ikki qanot ham ancha faol o‘ynadi. O‘yin faqat Adhamzodaning qanoti orqali kechdi degan fikrga qo‘shilmayman.

- Gruziyalik legioner Giorgi Nikabadzening o‘yiniga baho bersangiz. Nikabadze siz istagandek o‘ynamoqdami?

- Men sizga misol keltiraman. Chempionatdagi eng yaxshi to‘purar Hebay bugun qanday o‘ynadi? Uning bugungi o‘yinidan qoniqdingizmi? Legionerga ko‘nikib olish uchun vaqt kerak. Men sehrgar emasman. Har bir futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak.

- Jamoa qatorasiga mezbondagi ikki o‘yindan buyon gol ura olmayapti. Bu taktik muammo sabablimi?

- Taktika deb ko‘p takrorladingiz, qarang, bugun biz nechta gol urishimiz kerak edi. Mening fikrimcha, bugun kamida 4 yoki 5ta golli vaziyat yaratdik. "Andijon"ning bugungi o‘yinini ko‘rdingizmi, ular hujum qila olmadi. Litovka nechta seyv qildi, hisoblang. Biz faqat taktikada muammo deymiz, lekin bu noto‘g‘ri.

- "Neftchi" va "Navbahor" jamoasi 18-turda ochko yo‘qotishdi. Ikki jamoaning kumush medal uchun kurashdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hali hech narsa boy berilmadi. To‘g‘ri, biz ochko yo‘qotdik, lekin "Neftchi", "Navbahor", "Nasaf" va OKMK chempionlik uchun kurashadi. "Paxtakor" ham ochko yo‘qotadi. Bunday fikrlashingizga qo‘shilmayman. "Paxtakor"ni OCHL kutib turibdi va bu juda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ko‘p raqobatchilarimiz ikki yoki uch "front"da jang qilmoqda, shu bois ularning ochko yo‘qotishi shubhasiz.

- "Neftchi" jamoasi FIFA kunlariga qanday reja tuzdi?

- Biz uchta nazorat o‘yinini reja qilganmiz. Hozir bo‘lajak raqiblarimizni qidirish jarayonidamiz. Tayyorgarlik rejasi ham tuzib chiqdik. Umid qilamanki, FIFA kunlaridan samarali foydalanamiz va o‘z o‘yinimizni yaxshilab olamiz.

- "Neftchi" jamoasiga OCHLga chiqish maqsadi qo‘yilganmi?

- Yana bir bor takrorlayman, biz natijani yaxshilash uchun har doim harakat qilamiz, biroq har doim ham natija jamoaga bog‘liq emas. Bugun yana bir bor ushbu fikrga amin bo‘ldim. Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali"