14:13 / 01.09.2023
360

Alisher Nikimbayev: “Paxtakor”ni chempionlik bilan tabriklashga shoshilmang

Alisher Nikimbayev: “Paxtakor”ni chempionlik bilan tabriklashga shoshilmang

Taniqli futbol mutaxassisi – Alisher Nikimbayev o‘z telegram kanalida Superligadagi chempionlik intrigasi borasida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, chempionlik poygasidagi g‘olibni erta e’lon qilishga shoshilmaslik lozim.

“Ko‘pchilik “Paxtakor”ni navbatdagi chempionlik bilan tabriklashga shoshilmoqda. To‘g‘ri, 8 turda 7 ochkoli farqni yo‘qotish juda qiyin vazifa, biroq “Kavkaz asirasi” filmidagi janob Sahov aytganidek

-  Shoshilishga hojat yo‘q!

Chempionlik uchun kurashayotgan 5 yetakchining (nafaqat “Navbahor”) 3 tasi bir yo‘la uch frontda kurash olib boradi. “Paxtakor” esa, ikkita frontda! Birgina “Neftchi” bor e’tiborini Superligaga qaratish imkoniga ega.

Aynan shu sababli yaqin 3 oy ichida “Neftchi” 8 marotaba maydonga chiqadi. Bu borada “Paxtakor”ni 14 ta o‘yin kutib turgan bo‘lsa, “Nasaf”, “Navbahor” va OKMKni 15 ta, balki undan ko‘proq o‘yinda ishtirok etadi. Qo‘shimchasiga, Qo‘shimchasiga, bu jamoalar safidagi futbolchilarni  termaga safida sentyabr oyidagi yig‘inda ishtirok etishi, okean ortiga uchib borib ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Oktyabr oyida esa,  nisbatan yaqinroq, ammo uzoq Xitoyga uchib borib o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Shunday ekan, charchoq, jarohatlar va diskvalifikatsiya oltin medallar uchun bo‘ladigan kurashda katta ahamiyat kasb etadi."


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alisher Nikimbayev: “Paxtakor”ni chempionlik bilan tabriklashga shoshilmang