05:58 / 02.09.2023
196

Saudiya Professional Ligasi. “Al-Hilol” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ittihod”dan ustun keldi

Saudiya Professional Ligasi. “Al-Hilol” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ittihod”dan ustun keldi

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida “Al-Hilol” 1 sentyabr, juma kuni “Al-Ittihod” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv “Al-Hilol”ning 4:3 hisobida g‘alabasi bilan yakunlandi. “Al-Ittihod” tarkibida Romarino, Abdurrazoq Amdalla hamda Karim Benzema gol muallifi bo‘lgan bo‘lsa, “Al-Hilol” safida Aleksandr Mitrovich het-trik qayd etdi. Yana bir gol Salim al-Dosari hisobiga yozildi.

“Al-Hilol” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 13 taga yetkazib, birinchi o‘rinda bormoqda. “Al-Ittihod” esa 12 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.


Saudiya Professional Ligasi

5-tur bahsi

1 sentyabr, juma

“Al-Ittihod” – “Al-Hilol” 3:4

Gollar: 1:0 – 16 Romarino, 1:1 – 20 Mitrovich, 2:1 – 38 Benzema, 3:1 – 45 Amdalla, 3:2 – 60 Mitrovich, 3:3 – 65 Mitrovich (penalti), 3:4 – 71 Al-Dosari.

“Al-Ittihod”: Groe, Al-Olayyan (Kadesh, 67), Xausaui (Al-Xavsavi, 82), Sharaxili, Bamasud (Al-Shengiti, 67), Kante, Fabino, Koronado (Jota, 60), Benzema, Romarino (Al-Jamaan, 81), Amdalla.

“Al-Hilol”: Bunu, Abdelhamid, Kulibali, Al-Bulayxi, Al-Shahrani (Al-Dosari, 86), Milinkovich-Savich, Kanno (Maykl Richard, 46; Al-Faraj, 87), Ruben Nevesh, Al-Dosari, Malkom (Al-Breyk, 90), Mitrovich.

Ogohlantirishlar: Xausaui (41), Bamasud (63), Al-Bulayxi (88), Al-Jamaan (90).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Professional Ligasi. “Al-Hilol” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ittihod”dan ustun keldi