Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida Erling Xoland “Fulxem” darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi.
Bu norvegiyalik to‘purarning o‘tgan yili yozda Angliyaga kelganidan beri oltinchi xet-triki bo‘ldi.
Bungacha 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Kristal Pelas”, “Nottingem Forest”, “Manchester Yunayted”, “Vulverxempton” va “Byornli” darvozasilariga uchtadan to‘p kiritgan.
Xoland joriy mavsumning to‘rtta uchrashuvidagi gollari sonini oltitaga yetkazib oldi. O‘tgan mavsumda Premer-ligada 36 ta to‘p kiritgan Erling bir mavsumda ko‘p gol urish bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatgandi.
Bu mavsum norvegiyalik goleador o‘z natijasini yaxshilashga harakat qiladi.
Erling XolandAngliya Premer-ligasiFulxem DarvozasiOltinchi Xet-trikKristal PelasMavsum Gollari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing