08:05 / 04.09.2023
200

La Liga. “Barselona” Pamplonada qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

La Liga. “Barselona” Pamplonada qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 4-turida “Barselona” 3 sentyabr, yakshanba kuni “Osasuna”ga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Jyul Kunde boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda esa “Osasuna” ham xavfli vaziyatlarni yaratdi. 76-daqiqada Chimi Avila ajoyib zarba bilan muvozanatni tikladi. Biroq, 84-daqiqada kataloniyaliklar foydasiga penalti belgilandi. Alexandro Katena qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Robert Levandovski esa penaltini golga aylantirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “ko‘k-anorranglilar” g‘alabani nishonladi.


La Liga

4-tur bahsi

3 sentyabr, yakshanba

“Osasuna” – “Barselona” 1:2

Gollar: 0:1 – 45 Kunde, 1:1 – 76 Chimi Avila, 1:2 – 85 Levandovski (penalti).

“Osasuna”: Fernandes, Areso (Vidal, 80), Katena, Errando, Xuan Krus, Ruben Garsiya (Barxa, 61), Oros, Munos, Ibanes (Monkayola, 72), Raul Garsiya (Budimir, 62), Arnais (Chimi Avila, 62).

“Barselona”: ter Stegen, Serji Roberto (Joau Kanselu, 59), Kristensen (Martines, 90), Kunde, Balde, Gundo‘g‘an, Romeu (Joau Feliks, 80), de Yong, Gavi, Yamal (Ferran Torres, 59), Levandovski (Rafinya, 90).

Ogohalntirishlar: Levandovski (33), Areso (41), de Yong (83), Balde (90).

Chetlatish: Katena (84).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Barselona” Pamplonada qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi