20:00 / 05.09.2023
389

“Barselona” hakamlarning “Real” foydasiga to‘rtta xatosini isbotlab berdi

“Barselona” hakamlarning “Real” foydasiga to‘rtta xatosini isbotlab berdi

Madrid shahrida chop etiladigan As nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati hakamlar “Real”ga yon bosayotganini ta’kidlamoqda. Kataloniyaliklar maxsus tahlil o‘tkazib, dastlabki to‘rtta turda turli hakamlarning madridliklar foydasiga va “Barsa” ziyoniga qaror chiqargan vaziyatlarni aniqladi.

1-turda hakam Xesus Xil Mansano Eder Militao qoida buzgan vaziyatda “Real” darvozasiga penalti bermadi. “Barselona”ning “Xetafe”ga qarshi o‘yinida Sesar Soto Grado kataloniyaliklarga penalti tepish imkonini bermagan.

2-turda Xose Mariya Sanches Martines “Almeriya” bilan bahsda Jud Bellingem jarima maydonchasi ichida qo‘li bilan o‘ynagan vaziyatni inobatga olmadi. Alexandro Munis Ruis esa “Barselona”ga “Kadis” bilan bo‘lgan bahsda ikkita penalti qo‘yib bermadi.

3-turda Isidro Dias de Mera “Selta”ning madridliklarga urgan golini inobatga olmadi. Kataloniyaliklarning “Vilyarreal” bilan bellashuvida Alexandro Ernandes raqibning offsayddan kiritgan golini hisobga oldi.

4-turda Mario Melero Lopes Xoseluning “Xetafe”ga offsayddan urgan golini to‘g‘ri, deb topdi.

“Real” Ispaniya chempionatida dastlabki to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘olib chiqqan yagona jamoa sifatida peshqadamlik qilmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” hakamlarning “Real” foydasiga to‘rtta xatosini isbotlab berdi