00:30 / 06.09.2023
966

Ekspertlar Shomurodov yaxshi o‘ynay olmayotgani sababini topdi

Ekspertlar Shomurodov yaxshi o‘ynay olmayotgani sababini topdi

A Seriya debyutanti “Kalyari” dastlabki uchta uchrashuvdan ikkitasini boy berib, atigi bir ochko to‘pladi. Ayniqsa, uchinchi turdagi mag‘lubiyat alamli bo‘ldi.

Klaudio Raneri shogirdlari “Bolonya” maydonidagi bahsda Zio Luvumboning goli eavaziga hisobda oldinda borib, ikkinchi bo‘limda o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqdi.

Mezbonlarning g‘alaba to‘pi so‘nggi daqiqada sardiniyaliklar darvozaboni Boris Radunovichning qo‘pol xatosidan keyin kiritilgani yanada alamli bo‘ldi.

Eldor Shomurodov bu bahsning ikkinchi yarmini to‘liq o‘tkazdi. Legionerimizning o‘yini aksariyat ekspertlar tomonidan eng past baholandi.

Italiya matbuoti hamon uchrashuvni tahlil qilmoqda. “Kalyari” faoliyatini yoritib kelayotgan https://www.calciocasteddu.it sayti Shomurodov o‘yiniga alohida to‘xtaldi.

Sayt mutaxassislari Shomurodov kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayotganini quyidagicha izohladi:  

- Shomurodov pley-off o‘yinlari tufayli mavsumni qolganlardan ancha kech yakunladi. Eldor sheriklardan ortda qolmoqda.

Klaudio Raneri uni jamoaga moslashtirishga harakat qilyapti. A Seriyadagi uchinchi uchrashuv ham bu chora- tadbirlar Shomurodovga kutilgan darajada effekt bermayotganini ko‘rsatib qo‘ydi.

Shomurodov katta salohiyatga ega, texnikasi yaxshi o‘yinchi. Yuqori sport formasida bo‘lsa, bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi.

Lekin mana shunday ijobiy  xarakteristikaga ega futbolchi qiyin vaziyatda jamoasining ahvolini yaxshi tomonga o‘zgartirishi kerak.

Biroq “Bolonya” bilan bahs hafsalani pir qildi. Shomurodovning “Roma” va “Spetsiya”dagi nursiz faoliyati “Kalyari”ga ham ko‘chdi. Haqiqiy Shomurodovni topishimiz kerak, - deb yozdi  https://www.calciocasteddu.it jurnalisti Jakomo Dessi.

Italiya futbolida Sardiniya klubining ishtirokini muntazam kuzatayotgan yana bir nufuzli manba https://www.tuttocagliari.net sayti ijodkorlari ilgari “Kalyari”da Klaudio Raneri qo‘l ostida o‘ynagan sobiq futbolchi Raffaele Paolinodan hujumchi sifatida Eldor Shomurodovga  baho berishni so‘radi.

- Mening fikrimcha, Eldor Shomurodov asosan ikkinchi hujumchi hisoblanadi. Klaudio Raneri undan foydalanishda hujumchiga mos pozitsiya topib berishi kerak.

Men Raneri vaziyatga oqilona yechim topishiga aminman. Matbuot anjumanida murabbiy o‘zini har doimgidek xotirjam tutganini ko‘rdim. Vaziyat sekin-asta yaxshi tomonga o‘zgaradi. “Kalyari” mavsum oxirida musobaqa jadvalida yettinchi yoki sakkizinchi o‘ringa da’vogarlik qilishi mumkin, - dedi Raffaele Paolino.

Eslatib o‘tamiz, sardiniyaliklar dastlabki turda “Torino” maydonidan golsiz durang bilan qaytdi. Keyingi turda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida jamoa chempionlik uchun kurashayotgan “Inter”dan 0:2 hisobida yengildi.

Muxlislar “Kalyari” uchinchi uchrashuvda “Bolonya”ni mag‘lub etishini kutgandi. O‘yin ular kutgandek boshlangan bo‘lsa-da, alamli mag‘lubiyat bilan tugadi. A Seriyaga chiqqan sardiniyaliklar mavsumga qo‘yilgan vazifasi yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish hisoblanadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ekspertlar Shomurodov yaxshi o‘ynay olmayotgani sababini topdi