Mourino va futbolchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan

Mourino va futbolchilar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan

Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya chempionatining 3-turi doirasidagi “Milan”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2)  shogirdlari bilan janjallashgan. Bu haqda "radioradio.it" xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Roma" futbolchilari portugaliyalik murabbiyning ushbu o‘yin uchun tanlagan taktikasidan norozi bo‘lishdi.

Italiya chempionatining 3-turidan so‘ng “Roma” o‘z hisobida bir ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis Rim klubini 2021 yilning may oyidan buyon boshqarib kelmoqda. U avvalroq “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real”, “Inter” va “Portu” klublarida ishlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar