Leo Messining atrofidagi muammolari nimalardan iborat?

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messini ayni damda bir qator muammolar qiynamoqda. Quyida shunga to‘xtalib o‘tamiz.
Soliq to‘lamaganligi uchun qamoq jazosi
Argentinalik futbolchi yillik daromadini har qanday insonni havasini keltiradi. Messi juda katta miqdorda maosh oladi. Lekin soliqlarni to‘lamaganligi ham bor gap. Futbolchining otasi uning ishlari bilan shug‘ullanadi. Messi bu haqda o‘zi ham fikrini bildirdi.
“Men soliqlar to‘g‘risida hech nimani bilmayman. Har qanday shartnomaga ko‘z yugurtirmasdan, imzo chekkanman”, - deydi Messi.
Chindan ham Messining otasi soliqlar bo‘yicha ish olib borgan va ulkan mablag‘larni qayrib qolgan. Natijada, Kataloniya sudi Messi va uning otasini 21 oylik qamoq jazosiga xukm qildi.
Amerika Kubogi finalidagi omadsizlik
Amerika Kubogida Argentina chempionlikni nishonlashni juda istagandi. Finalga qadar hammasi yaxshi ketayotgandek edi. Lekin final bahsida Messi va uning sheriklari Chili qarshilikini sindira olishmadi. Xususan qahramonimiz ham penaltilar seriyasida gol urishni uddasidan chiqa olmadi. Natijada, u termadagi faoliyatini tugatishni oshkor qildi. Bu xabar yashin tezligida butun dunyoga tarqalib ketdi. Chindan ham bu omadsizlikda o‘zini bosh aybdor deb topdi. Bundan jahli chiqayotganligini ma’lum qilib, termadan ketish lozimligini aytdi. Chindan ham Argentina xalqaro turnirlarning finallarida omadsizlikga duch kelmoqda.
“Barselona” bilan shartnoma uzaytirmaslik borasida
Messining “Barselona” bilan o‘rtadagi bitimi 2018 yilga qadar amal qiladi. Leo esa “Barsa” bilan yangi bitim tuzishni istamayapti. Hozirda u “Barselona”da o‘zini baxtli his qilmayotganligini oshkor qilmoqda. Shundan kelib chiqib, Messi Ispaniyani tark etishni ko‘zlamoqda. Bu yangilikni eshitgan grand jamoalar sarosimaga tushishgani rost. Taklif bilan chiqadigan jamoalar soni yanada ortmoqda. Messi atrofida bo‘layotgan muammolar uchun u “Barselona”dagi faoliyatini tugatishni istamoqda. Unga qandaydir bosim o‘tkazilayotganligi borasida xabarlar ham yo‘q emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing