18:13 / 09.09.2023
321

O‘zbekiston MTJ AQSHga qarshi qanday tarkib bilan maydonga tushadi?

O‘zbekiston MTJ AQSHga qarshi qanday tarkib bilan maydonga tushadi?

Xabaringiz bor, bugun tunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSHga qarshi o‘rtoqlik bahsi o‘tkazadi. Bellashuv 02:30da start oladi.

Srechko Katanes boshchiligidagi milliy jamoamiz 4 sentyabr kuni Toshkentda yig‘ildi. Ertasi kuni Turkiya orqali AQSHga borishni reja qilgan hamyurtlarimiz Istanbulda bir kun qolishga majbur bo‘ldi. Chunki vakillarimiz uchgan samolyot bir necha soatga kechikkani bois AQSHga boradigan reysga ulgurmadi. 7 sentyabrda O‘FAning telegramdagi rasmiy sahifasida jamoamiz Sent Luis shahriga yetib borgani xabar berildi. Ammo to‘liq tarkib bilan emas!

Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya ayeroportida bosh murabbiy Srechko Katanes to‘xtatib qolingan. Bunga sabab mutaxassisning avval Osiyoning boshqa davlatlarida ham ishlagani sabab sifatida taxmin qilinmoqda (aniq ma’lumot yo‘q). Ya’ni viza bilan bog‘liq.

Qolaversa, jamoaning yuklari kechikkan. Buni O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida tasdiqladi.

Ha aytgancha, Toshkentdagi yig‘inga xorijdagi hamyurtlarimizdan faqatgina Aziz G‘aniyev va Bobir Abdiholiqov yetib borgan. Turkiyadan jamoaga qo‘shilishi rejalashtirilgan qolgan legionerlarimiz Rustam Ashurmatov (Rossiya, “Rubin”), Husniddin Aliqulov (Turkiya, “Rizespor”), Otabek Shukurov (Turkiya, “Fatix Karagyumryuk”), Eldor Shomurodov (Italiya, “Kalyari”) Toshkentdan kelayotgan sheriklarining samolyoti kechikkani uchun ular ASHQga bir kun avval yetib bordi.

Uzoq masofaga safar qilgan terma jamoamiz 8 sentyabrdan mashg‘ulotlarga kirishdi. Termamiz birinchi kuni asosan tiklanishga e’tibor qaratdi. Ertasi kuni esa o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Sport formasini tiklash oson bo‘lmasligi tabiiy.

Shundan kelib chiqib terma jamoamiz ustozi asosiy tarkibga bir kun avval yetib borgan futbolchilarni maydonga tushirishini tahmin qilishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda Katanes ularga ishonadi. Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov, Otabek Shukurov va Eldor Shomurodovga ko‘p narsa bog‘liq. Ular o‘yinni qo‘lga olishi lozim. Chunki qolganlar to‘liq tiklanmagan.

AQSH jismonan baquvvat. Jismoniy kuchga tayanadi. Ular Qatardagi jahon chempionatida qit’amizning jismonan kuchli bo‘lgan terma jamoasi Eronni taslim etgandi. Shundan kelib chiqib Katanes quyidagi tarkibni maydonga tushirsa ajab emas.

Sxema: 5-4-1

Darvozabon: O‘tkir Yusupov

Himoyachilar: Farruh Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov, Umarbek Eshmurodov, Hojiakbar Alijonov

Yarim himoyachilar: Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Abdulla Abdullayev

Hujumchi: Eldor Shomurodov

 Bekzod ISAYEV


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ AQSHga qarshi qanday tarkib bilan maydonga tushadi?