23:38 / 09.09.2023
207

Ulug‘bek Xoshimov: “O‘ylaymanki, Eronga qarshi bahs bugungi o‘yindan ancha qiziqroq bo‘ladi”

Ulug‘bek Xoshimov: “O‘ylaymanki, Eronga qarshi bahs bugungi o‘yindan ancha qiziqroq bo‘ladi”

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O‘zbekiston uchrashuvidan (0:10) so‘ng Ulug‘bek Xoshimov bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Avvalbor assalomu alaykum. Bugungi bahsda o‘nta gol uramiz deb o‘ylamagandik. Chunki Gonkongning o‘yinlarini yaxshilab ko‘rdik va bugungi raqiblarimiz Afg‘onistondan ustunroqdek tuyilgandi. Natijadan xursandmiz, gollarimizni barchasini muxlislarga bag‘ishladik. Muxlislar bizni qo‘llab quvvatlashda davom etishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Ularga katta rahmat aytaman.

Eronga qarshi o‘yin haqida...

Eronning barchamiz yaxshi bilamiz. Eron Osiyoning nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi. O‘ylamanki, Eronga qarshi bahs bugungi o‘yindan ancha qiziqroq bo‘ladi. Chunki har ikki jamoa ham kuchli. Bu bahsni barcha kutmoqda. Bo‘lajak bahsda muxlislarni kelib, qo‘llab quvvatlashlarini istayman" - deydi Hoshimov.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Xoshimov: “O‘ylaymanki, Eronga qarshi bahs bugungi o‘yindan ancha qiziqroq bo‘ladi”