date

UFC 293. Striklend Adesanyani mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasi chempioniga aylandi

UFC 293. Striklend Adesanyani mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasi chempioniga aylandi

Avstraliyaning Sidney shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 10-sentabr tongida UFC 293 musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning markaziy jangi o‘rta vazn toifasida UFC chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya hamda amerikalik da’vogar Shon Striklend o‘rtasida kechdi. 5 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 49:46, 49:46, 49:46 hisobida Striklend g‘alaba qozonib, o‘rta vazn chempioniga aylandi.

Og‘ir vazn toifasida avstraliyalik Tay Tuivasa hamda rossiyalik Aleksandr Volkov to‘qnash keldi. 3 raundlik jangning 2-raundida Volkov raqibini sabmishen orqali mag‘lubiyatga uchratdi. 

Turnirning asosiy janglari:

Shon Striklend ochkolar evaziga Israel Adesanyani mag‘lub etdi;

Aleksandr Volkov 2-raundda sabmishen bilan Tai Tuyvasani yengdi;

Manel Kape ochkolar evaziga Filipe dos Santosni yutdi;

Jastin Tafa 1-raundda Ostin Leynni nokaut qildi;

Tayson Pedro 1-raundda Anton Turkaljni nokaut qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 293. Striklend Adesanyani mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasi chempioniga aylandi