14:14 / 10.09.2023
231

Germaniya termasi bosh murabbiyi: "Tan olish kerak - Yaponiya zo‘r terma jamoa ekan"

Germaniya termasi bosh murabbiyi: "Tan olish kerak - Yaponiya zo‘r terma jamoa ekan"

Germaniya termasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik iste’foga chiqarilmasligiga ishonishini aytdi.

Kecha "nemis mashinasi" Yaponiyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Terma so‘nggi 5 o‘yinda birorta g‘alabaga erisha olmadi - 4 mag‘lubiyat va 1 durang.

"Doimo jamoani o‘yinga ideal tayyorlash uchun qo‘limdan kelganini qilyapman. Murabbiylar shtabi o‘z ishini yaxshi bajaryapti, men esa terma uchun mos murabbiyman deb o‘ylayman.

Eng avvalo, barchasidan ranjidim. Tan olish kerak - Yaponiya zo‘r terma jamoa ekan. Ayni damda bizda bunday zich himoyani yorib o‘tish uchun yetarlicha resurslar yo‘q. Shunchaki bu yetarlicha emas.

O‘yinni yaxshi boshladik, biroq Yaponiyaning ilk vaziyati gol bilan yakunlandi. Shundan keyin yana bir gol o‘tkazib yubordik. Biror futbolchini ayblashni istamayman. Ular yana-yana gol urishga harakat qilishdi, biroq individual xatolar ko‘payib ketdi. Raqiblar esa bundan unumli foydalanishdi", - dedi Flik.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniya termasi bosh murabbiyi: "Tan olish kerak - Yaponiya zo‘r terma jamoa ekan"