Nigina Abduraimova Xitoyda ITF turnirining finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol raketkasi Nigina Abduraimova Xitoyning Syuyszin shahrida o‘tkazilayotgan ITF turnirining final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U yarim final bahsida Janubiy Koreya vakilasi Chon-Chan Soni 7:5, 4:6, 7:5 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin 3 soat 17 daqiqa davom etib, vakilamiz unda o‘z hisobiga 3 ta eys, 7 ta breykni rasmiylashtirdi. Endi hal qiluvchi bahsda u Xitoy vakilasi Fanchjou Lyu varshiligini engishga urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Nigina chorak finalda ham Xitoy vakilasi Fan Yin Ksunni 6:2, 6:3 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing