22:58 / 23.09.2023
489

Samvel Babayan matbuot anjumanida "Navbahor"ning mag‘lubiyati haqida nima dedi?

Samvel Babayan matbuot anjumanida "Navbahor"ning mag‘lubiyati haqida nima dedi?

“Andijon” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Assalomu alaykum! Derbi doimgidek juda shiddatli o‘tdi. Bu o‘yinda har bir kvadrat metr uchun yaxshigina jang bo‘ldi. Katta kuch bilan mehnat qildik. Chap qanotdagi himoyachimiz - Yo‘ldoshevning bugun o‘ynamagani uchun bizga qiyin bo‘ldi. Lekin shunday bo‘lsa-da, maydonda o‘ynagan barcha futbolchilar mehnat qilishdi. Ikkinchi golni ham urishimiz kerak edi. Lekin o‘zimizning qo‘pol xatolarimiz qimmatga tushdi. Shu bilan ikkinchi marotaba oxirgi daqiqalarda alamli to‘p o‘tkazib yuboryapmiz. O‘z o‘rnida bugungi raqibimiz “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Nima ham derdim, keyingi 7 ta o‘yin va OCHLdagi bahslarda maksimal darajada harakat qilamiz. Biz keyingi o‘yinlarda muxlislarni g‘alaba bilan xursand qilish uchun kerakli darajada harakat qilamiz.

- Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida nima bo‘ldi?

- Oxirgi daqiqalarda kutilmagan golni o‘tkazib yubordik. Bu hech kim kutmagan tarix bo‘ldi. Qarshi hujumlar juda xavfli bo‘ldi. Yana bir gap: futbolchilarimizga uzoq safarlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Maqsadimiz durang emas, g‘alaba qozonish edi. Shuning uchun oldinga o‘tib ketdik. Hujumkor o‘yin ko‘rsatish va g‘alaba qozonish maqsadimiz edi. Ammo qarshi hujumlarda kutilmagan gollarni o‘tkazib yubordik.

- O‘tkir Yusupovga nima bo‘ldi? Uni jarohati bormidi?

- Ozgina jarohat olganga o‘xshagandi. Biz uni hattoki almashtirmoqchi ham bo‘ldik. Ammo barchasi yaxshiligini keyinchalik bildik.

- “Navbahor”ni mavsum boshida chempionlik uchun yaxshigina imkoniyati bor edi. Lekin hozirgi kunga kelib chempionlik uchun imkoniyati pasayib ketdi. “Navbahor”ni chempion bo‘lishiga qanchalik ishonasiz?

- “Navbahor” oxirigacha kurashadi.

- Osiyo Chempionlar ligasidagi yaxshi natijadan so‘ng “Navbahor” bugun zo‘r motivatsiyada o‘ynashi kerak edi. Ammo bu holat sezilmadi. Nima uchun?

- O‘yinchilar yaxshi harakat qilishdi. Jismoniy yuklamalar hamda ruhiy charchashlar ham bo‘ldi, deyishim mumkin. Yuqorida aytganimdek, bizdagi safarlar ham baribir futbolchilarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Lekin shunday bo‘lsa-da, men ayta olamanki, bugun g‘alabaga loyiq edik. O‘yin 1:1 bo‘lib turgan paytda gol urgandik. O‘sha vaziyatni ko‘rib chiqib, keyin bu borada fikrimni aytishim mumkin. Yaxshisi, o‘sha golga mutaxassislar ko‘rib, fikr bildirgani ma’qulroq. Motivitsiya bo‘yicha aytgan gapingizga qo‘shilmayman. Bugun o‘yinchilarimiz kuchli va juda yaxshi harakat qilishdi. Afsuski, o‘zimizning xatoimiz bilan gol o‘tkazib yubordik. Alam qiladi, ammo nima ham deymiz, bu futbol. Unda shunday holatlar ham yuz berib turadi.

- Tarkibdagi shu futbolchilar bilan “Navbahor”ni chempion bo‘lishiga shaxsan siz ishonasizmi?

- Yana qaytaraman: biz harakat qilamiz. Har bir uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rib, astoydil kurashamiz.

- Jismoniy holat haqida gap ketdi. Jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Boshkovichning ketishi xato bo‘lmadimi?

- U yaxshi mutaxassis va o‘z kasbining ustasi. Bunday holatlarda u nima ish qilish kerakligini yaxshi biladi. Futbolchilar charchashganiga qaramay, oxirigacha kurashishdi. Boshkovichni hurmat qilaman. U oilaviy sabablarga ko‘ra jamoamizni tark etdi.

“Andijon” matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan matbuot anjumanida "Navbahor"ning mag‘lubiyati haqida nima dedi?