date
views 194

Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda arang mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda arang mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Mezbonlar safida yagona golni Samandar Mavlonqulov kiritdi. "Paxtakor"ning hisobni tenglashtiruvchi goliga penaltidan unumli foydalangan Po‘latxo‘ja Xoldorxonov mualliflik qildi.

Shu tariqa, "Paxtakor" 42 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi. 23 ochkosi bor "bo‘rilar" 9-pog‘onadan joy egallagan.

So‘g‘diyona - Paxtakor 1:1
Gollar: Samandarjon Mavlonqulov (Lyupche Doriyev) 41, 1:0 - Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (penalti) 90+5, 1:1
"So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 6. Alisher Salimov, 7. Muhammadsafo Fozilov (22. Sanjar Shoahmedov, 76), 10. Javohir Qahramonov, 14. Lyupche Doriyev, 15. Tarik Isich, 17. Muhammad Yo‘ldoshev (28. Stanislav Andreyev, 46), 18. Mirjalol Abdumutalov (3. Abdulloh Omonaliyev, 70), 33. Ollobergan Karimov (90. Ulug‘bek Kenjayev,70) 88. Samandarjon Mavlonqulov (32. Nodirjon Soyibov, 76), 93. Marko Kolakovich.

Zaxiradagilar: 1. Shirinboy Abdullayev, 2. Jasurbek Yoqubov, 12. Hislat Halilov,  80. Samandar Sindarov.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 3. Xojiakbar Alijonov, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev (77. Dilshod Saitov, 76) 9. Mixail Kuxarchik ( 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 76), 10. Dragan Cheran (40. Kimi Merk, 87), 17. Dostonbek Hamdamov ( 2. Behruzbek Asqarov, 76), 27. Sardor Sobirxo‘jayev (19. Pshemislav Banashak, 46), 28. Diyor Holmatov, 30.Metyu Stinvorden, 34. Farruh Sayfiyev.

Zaxiradagilar: 36. Pavel Pavlyuchenko, 6. Muhammadali O‘rinboyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" Jizzaxda arang mag‘lubiyatdan qutilib qoldi