23:45 / 24.09.2023
637

RPL. Fayzullayevning goli SSKAni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi!

RPL. Fayzullayevning goli SSKAni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi!

Rossiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Rostov" - SSKA uchrashuvi jangovar 3:3 hisobi bilan tugadi.

Dastlab, Mironov mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Golenkov dubl qilgan bo‘lsa, Kelven va Chalov hisobni qisqartirdi. 70-daqiqada Fayzullayev Pesyakov darvozasini ishg‘ol qilib, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi va SSKA turnir jadvalida 9, "Rostov" esa 11-o‘rindan joy oldi.

"Rostov" – SSKA 3:3 (2:1, 1:2)

Gollar: 1:0 – 7 Mironov, 2:0 – 12 Golenkov, 2:1 – 26 Xelven, 3:1 – 50 Golenkov, 3:2 – 65 Chalov, 3:3 – 70 Fayzullayev.

Rostov – Pesyakov, Vaxaniya, Terentev, Melexin, Chernov (Ionov, 66), Utkin (Osipenko, 84), Glebov, Mironov, Bayramyan (Shetinin, 76), Moxebi (Tugarev, 76), Golenkov (Proxin, 66).

SSKA – Akinfeyev, Xelven, Agapov, Zdelar, Muxin, Gayich, Oblyakov, Mendes (Kuchayev, 64), Fayzullayev, Zabolotniy (Davila, 64), Chalov (Kislyak, 90).

Ogohlantirishlar: Chalov (45), Proxin (90).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » RPL. Fayzullayevning goli SSKAni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi!