23:22 / 02.10.2023
785

Mirjalol Qosimov: "Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti"

Mirjalol Qosimov: "Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti"

OCHL guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan OKMK - "Eyr Fors" uchrashuvidan (1:2) so‘ng mezbon jamoa ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirjalol Qosimov: "Judayam tushunarsiz holat. Bahsni juda yomon boshladik. Ilk daqiqalardan gol o‘tkazib yuborish juda alamli bo‘ldi. Butun uchrashuv davomida bor-yo‘g‘i 10-15 daqiqa futbol o‘ynadik. Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti. Futbolda 1 taym yaxshi o‘ynashning o‘zi yetarli emas. Bir necha kun oldin "Paxtakor"ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizning 10%ni ham namoyish eta olmadik. Buni o‘rganib chiqish lozim. Maydonga tushgan futbolchilarning ko‘pchiligida o‘yin qovushmadi. Bu bahona emas, o‘rganib chiqamiz. Qo‘pol xatolarimiz gol bilan jazolandi".

- Chempionlar ligasi bu mavsumdan kuz-bahor tizimiga o‘tdi. Avvalgi tizimda jamoalarimiz endi mavsumga kirishdi, chunki O‘zbekistonda futbol bahordan boshlanadi deyishardi. Biroq hozirchi, jamoangiz qanchalik tayyor?

- OKMK jismonan tayyor, biroq bu o‘yinga tayyor emas. Bunaqasi bo‘lishi mumkin emas... Maydonda bir yoki ikki nafar futbolchining o‘yini chiqmay qolishi mumkin, ammo bugun hammada shunday bo‘ldi. Balki futbolchilarimiz raqibni hayolan mag‘lub etib bo‘lgandir. O‘rganib chiqamiz...


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Hayotimda bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti"