Foto: Getty Images
Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Toshkentda Butunjahon boks kengashining (WBC) yillik konvensiya yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Professional boks dunyosining eng mashhur yulduzlari ishtirok etadigan ushbu anjumanda o‘z davrida chempionlik martabasiga erishgan o‘nlab chempionlar qatori afsonaviy Mayk Tayson ham Toshkentga kelishini rasman tasdiqladi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi Umid Yoqubov so‘zlariga ko‘ra, anjumanda Evander Holifild, Amir Iqbol Xon, Konstantin Szyu kabi taniqli bokschilar ham ishtirok etadi.
WBC tashkilotining 61-konvensiyasi doirasida 17 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» sport saroyida bir qator nomdor charm qo‘lqop ustalari ishtirokida boks janglari tashkil etiladi.
Anjumanga Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi va hamkor tashkilotlar tomonidan hozirlik ko‘rilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring