Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bahslari finaliga yo‘l olgan yana bir hamyurtimiz Abdumalik Halakov ishtirokidagi jang ham o‘z yakuniga yetdi.
-57 kg vazn toifasida final ostonasiga qadar barcha raqiblarini katta ustunlikda mag‘lub etib kelgan yurtdoshimiz, hal qiluvchi jangda yaponiyalik Shudai Xaradaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Ko‘tarinki kayfiyatda jangni boshlagan yurtdoshimiz raqibidan bir bosh ustun ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Jang ikkinchi raundda o‘z yakuniga yetdi. Hamyurtimiz raqibini 1-raundda 3 marta nokdaun holatiga tushirgan bo‘lsa, 2-raundda ikki marta shunday holatga tushirdi va yakunda yapon bokschisining murabbiylari oq sochiq tashladi.
Shu tariqa yurtdoshimiz Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi