Xitoyning Hanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan 19 Osiyo o‘yinlarida doping sinamalari ham olinib tekshirilmoqda.
Xalqaro antidoping agentligi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik velosportchi Aleksey Fomovskiydan olingan sinamalarda taʼqiqlangan anobolik androgenik steroid moddasi aniqlangan.
Bu haqda sportchi ogohlantirilib, unga vaqtinchalik taʼqiq qo‘yilgan. Unda ikkinchi maʼrotaba ham tekshiruv o‘tkaziladi va shundan so‘ng natijalar Sport arbitraj sudiga taqdim etiladi.
Manba: Sports.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar