Xanchjou-2022: Rustam Jangabayev Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi

Xanchjou-2022: Rustam Jangabayev Osiyo o‘yinlari sovrindoriga aylandi

Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasida +109 kg vazn toifasida bahslar yakunlandi.

Quvonarlisi unda ishtirok etgan hamyurtimiz Rustam Jangabayev dast ko‘tarishda 190, siltab ko‘tarishda 233, umumiy hisobda 423 kg natija qayd etdi va uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa Rustam Jangabayev Osiyo o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalni qo‘shtirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Jangabayev 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar