20:47 / 07.10.2023
111

Mirjalol Qosimov: "O‘n kishi bo‘lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik"

Mirjalol Qosimov: "O‘n kishi bo‘lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik"

Superliga 21-turi doirasidagi OKMK - “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qiyin g‘alabadan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yin qiziqarli bo‘ldi. Vaziyatni nazorat qilayotgandik. Yomon harakat qilmadik. Vaziyatlardan foydalana olmaslik muammosi yana davom etdi. Vaziyatlardan foydalana olmay, raqibni qarshi hujumda o‘tkazib yuborganimiz birinchi bo‘limda bizni biroz ranjitdi.

Qolaversa, ikkinchi bo‘limdagi o‘sha epizod umuman keraksiz edi. Biz uch tomonlama jabr chekdik. 11 metrlik nuqta, qizil kartochka va gol. Bu vaziyatni o‘zlari ko‘rib chiqishadi.

Futbolchilar va muxlislarga rahmat aytmoqchiman. O‘n kishi bo‘lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik. Bu esa o‘z samarasini berdi. Haqli ravishda uch ochkoga ega chiqdik. Muammolar yetarli, ammo ulardan chiqib ketishimizga umid qilaman, - deydi Mirjalol Qosimov “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "O‘n kishi bo‘lib qolishimizga qaramay, oxirigacha kurashdik"