Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkentga qaytib keldi. Poytaxt aeroportida sportchilar tantanali ravishda kutib olindi, deb xabar bermoqda Sputnik.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyovning mamlakat sport delegatsiyasi a’zolariga yo‘llagan tabriklarini bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.
XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 23 sentyabr-8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi jami 71 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 22 tasi oltin, 18 tasi kumush va 31 tasi esa bronza medallaridir. Bu o‘tgan Osiyo o‘yinlariga nisbatan rekord natija.

O‘zbekiston umumjamoa hisobida 45 ta davlat orasida faxrli beshinchi o‘rinni egalladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu natijani “O‘zbekiston sporti tarixida yana bir yorqin sahifa ochdi, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz” dedi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar