Prof boksda super og‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov (13-0)ning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Bahodir 17 noyabr kuni Lift Promotions tomonidan Toshkentda tashkil etiladigan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompson(12-5-1)ga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur boks kechasi "Humo Arena"da o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Jalolov prof boksdagi oxirgi jangini shu yilning 23 avgustida o‘tkazib, unda nigeriyalik Onoriode Everiyemeni nokautga uchratgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar