O‘rta vazn toifasi (77.5-84 kg) yengilmas jangchisi Hamzat Chimayev Kamaru Usmanga qarshi jang haqida gapirdi.
"Ular men UFC'da paydo bo‘lgan kunimdan beri Usman bilan to‘qnashuvimiz haqida gapirishdi. "Hamzat - Usman". Ular kurash va "stoyka"dagi mahoratimizni solishtirdi.
Usman menga o‘xshaydi, lekin eskiroq versiya. Kamaru iPhone 5 bo‘lsa, men iPhone Pro. Bu esa oramizdagi farqdir", - dedi Chimayev.
Chimayev (12-0) va Usman (20-3) o‘rtasidagi jang UFC 294 turnirining asosiy kardida bo‘lib o‘tadi. Turnir 21 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar