OCHL guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hozirgi vaqtda keyingi bosqichga chiqish uchun ikki jamoaning ham ochkolari yetarli emas. Shuning uchun ertaga maydonda natija uchun jang bo‘ladi. O‘ylaymanki, yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rdik. Maydonda ijobiy natija uchun to‘p tepamiz.
Aziz Amonov:- O‘yinga maksimal tayyorgarlik ko‘rdik. Ertaga qo‘limizdan kelgan bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bizdan mehnat. Qolgani Xudodan.
- "Sharja" va "Al Sadd" o‘xshash jamoalarmi?
- "Sharja"ning tarkibi boshqacharoq. Bu jamoaning yaxshi taraflari va tarkibida kuchli futbolchilari ko‘p. Albatta, biz uchun oson bo‘lmaydi. Raqibimiz jiddiy. Maydonda 90 daqiqa e’tiborni yo‘qotmaslik kerak bo‘ladi. "Sharja" guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri.
Start yaxshi bo‘ldi. Lekin finish ham yaxshi bo‘lishi kerak. Shu bois ertaga faqat ijobiy natija uchun o‘ynaymiz. Hali hech narsa hal bo‘lmagan. Guruhda kurash oxirigacha davom etadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring