07:27 / 23.10.2023
336

Bobir Abdixoliqov: "Faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo‘ldim va bundan juda xursandman"

Bobir Abdixoliqov: "Faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo‘ldim va bundan juda xursandman"

Bugun Qozog‘iston chempionligini nishonlagan "Ordabasi" klubi hujumchisi Bobir Abduxoliqov ushbu mavaffaqiyat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Avvalambor, chempionlik bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuvdan avvalgi va uchrashuvdan keyingi hissiyotlaringiz bilan bo‘lishsangiz.

- Mavsum boshlanishidan avval oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo‘ygan edik va yaratganga shukur, bugun ushbu maqsadimizga erishdik.

- Qozog‘iston chempionatidagi birinchi mavsumingiz qanday o‘tdi? Joriy mavsum namoyish etgan o‘yiningizdan qoniqdingizmi?

- Birinchi navbatda jamoaviy vazifani bajardik. Joriy mavsum men uchun katta tajriba bo‘ldi. O‘z faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo‘ldim va bundan juda xursandman. Mavsum men uchun ajoyib bo‘ldi.

- "Ordabasi" jamoasiga o‘tishingizdan avval sizga Yevropadan takliflar bor edi va o‘zingiz ham Yevropada faoliyatingizni davom ettirishni istayotganingizni ko‘p marotaba aytib o‘tgansiz. Qozog‘iston chempionati siz kutgan darajadagi ekanmi?

- Ha, menda ko‘p takliflar bor edi, ammo "Ordabasi"ni tanlaganimning sababi, jamoa o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan edi. Chempionat ham juda qiziqarli o‘tdi. Men "Ordabasi"ga o‘tganimdan afsuslanmayman va yakunda qarorim to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

-  Mavsum yakunida klub bilan shartnomangiz tugaydi. Keyingi rejalaringiz qanday? Sizni boshqa jamoada ko‘ramizmi yoki "Ordabasi"da qolib, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishni niyat qilganmisiz?

- Mavsum yakunlanishiga ikkita o‘yin qoldi. Bizni kubok finali ham kutib turibdi. Mavsumni tugatib olgandan so‘ng qaror qabul qilaman. Oldindan biror narsa deyish qiyin.

- "Ordabasi"ning hujum chizig‘ini ikki o‘zbekistonlik futbolchi "yondirdi".  Fikringizcha, Shahboz va siz jamoangizning chempionligiga qanchalik hissa qo‘shdingizlar?

- Shahboz va men mavsum davomida jamoamizga maksimal tarzda yordam berishga harakat qildik va chempionlikga katta hissa qo‘shdik deb o‘ylayman. Chempion bo‘lganim menga yanada ko‘proq kuch beradi. Oldinda terma jamoa yig‘inlari va Osiyo kubogi bor. Hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bobir Abdixoliqov: "Faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo‘ldim va bundan juda xursandman"