"Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati: "Navbahor" guruhdagi eng kuchli jamoalardan biri"
OCHLning 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" – "Nassaji Mazandaran" o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida "Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati ishtirok etdi.
"Biz guruhning eng kuchli jamoalaridan biri bilan o‘ynaymiz. Jismoniy tayyorgarlik tomondan qaralganda, "Navbahor" juda kuchli jamoa. Ular yaxshi sifatlarga ega va ikki o‘yinda to‘rt ochko jamg‘arishni uddalashdi.
Oldinda qiyin o‘yin kutib turibdi, ammo barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Muxlislar uchun keyingi bosqichga chiqishga urinib ko‘ramiz.
Biz juda yaxshi jamoamiz, ikki o‘yinda ham yaxshi harakat qildik. Ertaga ishonchli va kuchli o‘yin ko‘rsatishimizga ishonchim komil.
Ichki chempionat va OCHL o‘rtasida farq katta. "Navbahor" va bizning o‘rtamizdagi farq shundaki, ular ichki chempionatning 22-turini o‘tkazishadi, biz esa 6-turini o‘tkazdik. Jamoamizda ko‘pgina o‘zgarishlar bo‘ldi, yoshlarni safimizga qo‘shib oldik. Ichki chempionatning 22-turiga kelib biz ham o‘zimizning optimal formamizga kirib olamiz.
Ertaga o‘yin oxiridagi natija kim kuchliroq ekanligini ko‘rsatadi. Futbol raqibga gol urish imkoniyatini bermaslik va jamoaning o‘zi gol urishga urinishiga asoslangan.
Eron termasidagi ko‘p yillik faoliyatim davomida ko‘rganlarimga asoslanib, O‘zbekistonni infrastruktura va boshqa jihatlarda ko‘rinayogan rivojlanish bilan tabriklayman", - deydi "Nassaji Mazandaran" bosh murabbiyi Mehdi Rahmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring