22:30 / 24.10.2023
141

Serdar Geldiyev: "Jamoam bugun o‘z imkoniyati darajasidan pastroq o‘ynadi"

Serdar Geldiyev: "Jamoam bugun o‘z imkoniyati darajasidan pastroq o‘ynadi"

Osiyo chempionlar ligasi A guruhi 3-tur bahsidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Axal" (3:0) uchrashuvidan so‘ng, Ashxabod klubi bosh murabbiyi Serdar Geldiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bizning rejamiz bugun ish bermadi. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Guruhda barcha raqiblar bilan o‘ynadik va hammani tanib oldik. Endi ularni yanada chuqurroq o‘rganib chiqamiz.

- O‘yinga tayyorlagan rejamiz ish bermadi dedingiz? Rejangiz haqida qisqacha aytib bera olasizmi, sababi birinchi taymda jamoangiz himoyadan hujumga o‘tishdi muammoga duch keldi. Himoyachilar to‘pni o‘zida ko‘p ushlab turishdi.

- Biz safarimiz boshidayoq muammoga duch keldik, yo‘l ko‘p kuchimizni olib qo‘ydi. Bugun himoyaga tayanib o‘ynamoqchi edik. Ammo rejamiz ishlamadi va gollar o‘tkazib yubordik. Yana bugun ko‘p futbolchilarimizning o‘yini qovushmadi. Ular imkoniyat darajasidan pastroq o‘ynashdi.

- "Axal" jamoasi o‘z o‘yida "Al-Fayha"ni mag‘lub etdi. Keyingi uchrashuvda "Paxtakor" Turkmanistonga boradi. "Axal" keyingi uchrashuvda "Paxtakor"ga muammo tug‘dira oladimi?

- O‘z uyimizda dadilroq va xotirjamroq bo‘lamiz. Muxlislarning qo‘z oldida esa futbolchilar bugungidan yaxshiroq o‘yin namoyish etishlariga ishonaman.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serdar Geldiyev: "Jamoam bugun o‘z imkoniyati darajasidan pastroq o‘ynadi"