14:09 / 25.10.2023
383

Superkompyuter Fayzullayev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi

Superkompyuter Fayzullayev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi

Opta statistika platformasiga qarashli superkompyuter Rossiya Premer-ligasining 2023-2024 yilgi mavsumida qatnashayotgan jamoalarning chempionlikka erishish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Sun’iy intellekt hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy mavsumdagi chempionlik kurashida amaldagi chempion “Zenit”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. 12-turdan keyin 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan piterliklarning chempion bo‘lish imkoni 52 foiz darajasida belgilandi.

Aytish joizki, “Zenit” ketma-ket besh yildan beri chempionlik unvonini hech kimga bermay kelmoqda.

Joriy mavsum kutilmaganda peshqadamga aylanib olgan “Krasnodar” piterliklardan besh ochkoga o‘zib ketgan. Bu jamoaning o‘z tarixida ilk marotaba mamlakat chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati 41,9 foizni tashkil qildi.

Superukomyuter tahlillari bo‘yicha SSKA jamoasi ham juda kam bo‘lsa-da, chempionatni birinchi o‘rinda yakunlashi mumkin. Ularning imkoniyati 2,3 foizga baholanmoqda.

Ma’lumki, moskvalik “armiyachilar” safida Abbosbek Fayzullayev to‘p tepmoqda. Avgust oyining boshida “Paxtakor”dan Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz qisqa fursatda SSKA hujum chizig‘ida yetakchi figuraga aylandi.

Bugungi kunda “armiyachilar”ning deyarli barcha hujumlari o‘zbek legioneri orqali tashkil etilmoqda. SSKA safida jami yetti marotaba maydonga tushib, bittadan gol va assist qayd etgan hamyurtimiz ikki oy ichida to‘rtta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fayzullayevning SSKAning sentyabr oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi, “Krilya Sovetov”, “Spartak” va “Rubin”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlandi.

Demak, SSKA futbolchilarida oz bo‘lsa-da, Premer-ligada g‘olib chiqish imkoni bor ekan. Bu klub o‘z tarixi davomida olti marta chempionlikka sazovor bo‘lgan. “Armiyachilar” oxirgi marta 2016 yilda oltin medalga ega chiqqan.

Opta Predictor superkomyuteri yana to‘rt jamoani g‘oliblar safida qayd etdi. Biroq, “Lokomotiv”, “Spartak”, “Krilya Sovetov” va “Dinamo Moskva”ning imkoniyatlari ancha past baholangan. Buni quyidagi ro‘yxatda ko‘rish mumkin.

  • “Zenit” - 52%;
  • “Krasnodar” — 41,9%;
  • SSKA — 2,3%;
  • “Lokomotiv” - 2%;
  • “Spartak” - 1%;
  • “Krilya Sovetov” - 0,5%;
  • “Dinamo” — 0,3%.

Sun’iy intellekt hisobiga ko‘ra, qolgan birorta jamoa chempionlikka erishish salohiyatiga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, SSKA futbolchilari Rossiya Premer-ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 29 oktyabr kuni o‘z maydonida musobaqa peshqadami "Krasnodar"ga qarshi o‘tkazadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superkompyuter Fayzullayev chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashini aytib berdi