Moskvaning SSKA klubi hujumchisi Abbosbek Fayzullayev bolaligida qaysi klubni qo‘llab-quvvatlaganini aytib berdi.
20 yoshli futbolchi bolaligidan Kataloniyaning "Barselona" klubiga muxlislik qilganini, uning kumiri Lionel Messi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi "Kamp Nou"da hech qachon bo‘lmaganini, lekin kelajakda u yerda o‘ynashni juda xohlayotganini aytdi.
"Bu haqda gapirishning vaqti emas. Men SSKAga moslashdim, shu yerda o‘ynashni xohlayman va butun e’tiborimni jamoaga yordam berishga qaratganman", - deydi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev yozda SSKAga ko‘chib o‘tdi va poytaxt jamoasi bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
Abbosbek FayzullayevSSKA KlubiKamp NouBarselona KlubiO‘zbekiston Terma JamoasiLionel Messi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar