date
views 171

Ar-Riyod. Boks oqshomida Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tariladi

Saudiya Arbistonining Ar-Riyod shahrida 28-oktyabr kuni Queensberry kompaniyasi tomonidan boks kechasi tashkil etiladi.

Kechaning asosiy jangi og‘ir vazn toifasida WBCning maxsus kamari uchun Tayson Fyuri (33-0-1) va Frensis Ngannu (professional boksda debyut) o‘rtasida kechadi.

Turnirning boshqa janglari:

  • Fabio Uordli (16-0) — Devid Adeleye (12-0);
  • Jozef Parker (32-3) — Saymon Kin (23-1);
  • Arslanbek Maxmudov (17-0) — Junior Entoni Rayt (20-4-1).

Janglar Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Tayson Fyuri so‘nggi jangini 2022-yil dekabr oyinda o‘tkazgan va jangning 10-raundida Derek Chisorani texnik nokautga uchratgan edi.

Frensis Ngannu esa 2023-yil yanvar oyida UFC’ni tark etganini ma’lum qilgandi. Sportchi 2022-yil yanvar oyida oktagondagi so‘nggi jangini o‘tkazgan va Siril Gan ustidan g‘alaba qozongandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ar-Riyod. Boks oqshomida Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tariladi