Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 28 oktyabr kuni Queensberry kompaniyasi tomonidan boks kechasi tashkil etiladi.
Kechaning asosiy jangi ogʻir vazn toifasida WBCning maxsus kamari uchun Tayson Fyuri (33-0-1) va Frensis Ngannu (professional boksda debyut) oʻrtasida kechadi.
Ushbu jang oldidan boks yulduzlari ishtirokida turli marosimlar tashkil etildi. Unda Menni Pakyao, Mayk Tayson, Amir Xon, Dmitriy Bivol kabi bokschilar ishtirok etmoqda. Shuningdek, oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ham Ar-Riyodda ular bilan birgalikda tadbirlarda qatnashmoqda. Marosimda “An-Nassr” futbolchisi Krishtianu Ronalduni ham koʻrish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar