La Liga 11-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" bahsi yakuniga yetdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Ko‘k-anorranglilar" safida Gyundogan gol muallifi bo‘ldi. "Qaymoqranglilar"ning ikki goli Jud Bellingem nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, 28 ochkosi bor "qirolllik klubi" 1-o‘ringa chiqib oldi. Mezbonlar hisobida 24 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 3-pog‘onani band etgan.
La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 1:2
Gollar: Ilkay Gyundogan 7', Jud Bellingem 68', 90+2'
"Barselona": 1. Mark-Andre ter Shtegen, 4. Ronald Arauxo, 15. Andreas Kristensen, 5. Inigo Martines, 3. Alexandro Balde, 32. Fermin Lopes (18. Oriol Romeu 72'), 6. Gavi, 22. Ilkay Gyundogan, 2. Joao Kanselu (27. Lamine Yamal 76'), 7. Ferran Torres (9. Robert Levandovski 61'), 14. Juan Feliks (11. Rafinya 77').
Zaxira: 13. Inyaki Penya, 26. Ander Astralaga, 17. Markos Alonso, 23. Jyul Kunde, 30. Mark Kasado, 33. Pau Chubarsi, 38. Mark Gulu, 39. Ektor Fort.
"Real Madrid": 25. Kepa Arrisabalaga, 2. Daniel Karvaxal, 22. Antonio Ryudiger, 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi (12. Eduardo Kamavinga 52'), 18. Orelen Tchuameni, 15. Federiko Valverde, 8. Toni Kroos (10. Luka Modrich 63'), 5. Jud Bellingem, 11. Rodrigo (14. Xoselu 63'), 7. Vinisius Junior.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Diyego Pineiro, 6. Nacho Fernandes, 17. Lukas Vaskes, 20. Fransisko Garsiya, 21. Braim Dias.
Ogohlantirishlar: Fermin Lopes 17', Ferran Torres 45+2', Daniel Karvaxal 61'
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!