21:53 / 29.10.2023
249

Ulug‘bek Bakayev: "Shaxsiy fikrimcha, penalti yo‘q edi. To‘p futbolchining qayeriga tekkani kameralarda ko‘rinmagandi"

Ulug‘bek Bakayev: "Shaxsiy fikrimcha, penalti yo‘q edi. To‘p futbolchining qayeriga tekkani kameralarda ko‘rinmagandi"

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- O‘yin yaxshi, kurashlarga boy bo‘ldi. O‘yinchilarga e’tirozim yo‘q. Gol urishimiz mumkin edi, ammo mahorat yetishmadi. O‘yin oxiridagi penaltiga kelsak, bilmadim. Hakamlar qanday qilib penaltini baholashadi? Qanday qilib penalti qo‘yishadi? Shaxsiy fikrimcha, penalti yo‘q edi. Maydonga shuncha muxlis keldi, futbolchilar ter to‘kishdi, hamma harakat qildi. Hakam esa bitta epizodda penalti qo‘ydi va bo‘ldi. O‘yinchilarga va muxlislarga rahmat aytaman.

- O‘yinga yetti daqiqa qo‘shib berildi, jamoalar esa penaltidan so‘ng uch daqiqa o‘ynashdi...

- Bu savol menga emas, hakamlarga berilishi kerak. Ular qanday qilib bunday qarorga kelishganini bilmayman. Penalti esa yo‘q edi. Birinchidan, o‘yinchi boshqa futbolchiga juda yaqin masofada edi. To‘pga o‘ynamoqchi bo‘lgan futbolchining qayeriga to‘p tekkani ham ko‘rinmagan. To‘pning qayerga tekkani xatto ko‘rinmagandi. Kameralarda bu yo‘q edi. Hakam esa penalti qo‘ydi. Balki, ularda boshqa kamera bordir, ammo bizga ko‘rsatilgan tasvirlarda penalti yo‘q edi. Shunchaki, yigitlarga achinyapman. Ular 90 daqiqa harakat qilishdi va bitta epizod barchasini barbod qildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Bakayev: "Shaxsiy fikrimcha, penalti yo‘q edi. To‘p futbolchining qayeriga tekkani kameralarda ko‘rinmagandi"