date
views 300

Ro‘ziqul Berdiyev: "Navbahor" mamlakatdagi eng kuchli jamoa hisoblanadi

Ro‘ziqul Berdiyev: "Navbahor" mamlakatdagi eng kuchli jamoa hisoblanadi

O‘zbekiston Superligasi 22-turdan qoldirilgan "Navbahor" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 0:1 hisobida zafar quchdi. Yagona golga Mateus Lima Kruz mualliflik qildi. Uning goliga Sherzod Nasrullayev assistentlik qildi.

Bellashuvdan so‘ng "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Bugun o‘yin tempi juda yuqori bo‘lmadi. Lekin sifatli uchrashuv ko‘rdik. "Navbahor" ham g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi. Biroq oxirgi daqiqalarda bizga omad kulib boqdi. Raqib mamlakatdagi eng kuchli jamoa hisoblanadi.

Bugun maydonda futbolchilarning joylashuvini ham o‘zgartirib bordik. Bu jihat yaxshi ish berdi va g‘alaba qozondik.

"Navbahor" oxirgi 2 yilda ancha saviyasini oshirdi. OCHLda ham yaxshi o‘ynayapti. Qolaversa, ulardagi yo‘qotishlar, balki natijaga ta’sir o‘tkazgandir. Bunday holat bizda ham bor.

Taqvim juda qiyin. Biz tanlovni amalga oshirishimiz va qaysi musobaqani bosh planga olib chiqishimizni o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Eng asosiysi, futbolchilarni o‘yindan o‘yinga tiklash juda muhim.

Chavesdan ko‘p narsa kutgandik. Lekin unga ortiqcha vazn, jarohat halal berdi".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Navbahor" mamlakatdagi eng kuchli jamoa hisoblanadi