"Arsenal" ustozi Mikel Artetaning fikricha, "Nyukasl"ga qarshi bahsni boshqargan hakam Styuart Ettuel raqib jamoa golini bekor qilishi kerak edi.
"Yigitlarga rahmat, ular juda yaxshi harakat qilishdi. Ko‘plab sabablarga ko‘ra, natija boshqacha bo‘lishi kerak edi. Agar biror jamoa g‘alabaga intilgan bo‘lsa, bu "Arsenal".
Sodir bo‘lgan voqeadan uyalaman, dunyoning eng zo‘r ligasida bu gol bekor qilinmaganidan uyalaman. 20 yildan beri Angliyada yashayman va endi bundan uyala boshladim. Bu sharmandalik.
Dovga juda ko‘p narsa qo‘yilgan edi. Biz har kuni eng yuqori darajada to‘p tepishga harakat qilyapmiz.
Biz yetarli darajada yaxshi o‘ynamasak, buni tan olaman. Ammo bugun sodir bo‘lgan voqea ushbu liga mavqeiga umuman mos kelmaydi.
Bunga aloqadorligimdan uyalaman" - dedi Arteta.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring