18:12 / 08.11.2023
1 071

Mayk Tayson: "Men barchani ogohlantirgandim"

Mayk Tayson: "Men barchani ogohlantirgandim"

Men hammani Frensisning chap huk zarbasi haqida ogohlantirgandim”, - dedi Mayk Tayson. U Tayson Fyuri (34-0-1, 24 KO) bilan jangga tayyorlanayotganda Frensis Ngannuga yaxshi maslahat berishga ozmi-ko‘pmi yordam berdi.

Oxir-oqibat, sobiq UFC chempioni og‘ir vazn toifasida WBC chempioniga ochkolar bo‘yicha yutqazdi, xolos. Ammo uchinchi raundda u chempionni chap huk zarbasi bilan nokdaunga tushirib qo‘ydi.

"Uning sparring paytida raqibini nokautga uchratganini ko‘rib, Ngannuning muvaffaqiyatiga ishona boshlagandim. Lekin...bu sport va unda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Nima bo‘lganda ham men Frensisning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatidan faxrlanaman. U har bir so‘zimni diqqat bilan tingladi. Ishonchim komilki, biz Frensisni yana ringda ko‘ramiz”, - deya qo‘shimcha qildi “Temir” Mayk.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson: "Men barchani ogohlantirgandim"