18:51 / 16.11.2023
306

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ispaniya bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ispaniya bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi

17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati "V" guruhida 3-tur bahslari yakunlandi.

Mali 5:1 hisobida Kanadani yengdi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa iroda namoyish etdi. Dastlab Ispaniya ikkita gol urgan bo‘lsa, keyinchalik vakillarimiz kambek qilib, vaziyatni o‘nglashdi - 2:2.

Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu kvartetda 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, deyarli keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi vakillarimiz 3-tur uchrashuvlarini yakunlanishini kutishlari kerak.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Shogirdlarim iroda ko‘rsatishdi. Uchrashuvni biroz sust boshladik. Chuqur himoyalanishga majbur bo‘ldik va o‘z darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik. Lekin men futbolchilarimga katta rahmat aytmoqchiman. Ular o‘zlarida kuch topishdi. O‘yinni o‘zgartirib, harakter ko‘rsatib, bir ochkoga ega chiqdik. Jamoa mag‘lubiyatdan chiqib keta oldi.

Birinchi navbatda meni futbolchilardagi xarakter juda ham xursand qildi. 0:2 hisobidan keyingi xarakter va shu hisobdan keyingi himoyalanish meni xursand qildi, - dedi murabbiy.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ispaniya bilan o‘yindagi kambek haqida gapirdi