Zidan: “Anri” uchun xayrlashuv uchrashuvini tashkil qilishimiz lozim

“Real” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Zinedin Zidan agar Terri Anri faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, uning uchun maxsus xayrlashuv uchrashuvi tashkil etish zarurligi haqida gapirib o‘tdi. Shu hafta 37 yoshli futbolchi "Nyu-York Red Bullz"dan ketishini e’lon qilgandi.
"Terri Anri fransuz futboli oldidagi xizmatlari uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkillashtirishga arziydi. Menimcha, bu unga ham juda yoqadi", - deydi Zidan.
Fransiya terma jamoasi safida Anri Jahon chempionatining kumush (1998 yil) va bronza (2006) medallarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, EVRO-2000da ham g‘olib chiqqan.
Manba: www.stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing