08:21 / 22.11.2023
115

O‘zbekiston milliy kurash bo‘yicha chempionatlarga mezbonlik qilmayotgani sababi ochiqlandi

O‘zbekiston milliy kurash bo‘yicha chempionatlarga mezbonlik qilmayotgani sababi ochiqlandi

Foto: “Daryo”

O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha o‘tkazilayotgan chempionatlarning asosan xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilishi ortida o‘zbek kurashini butun dunyoga tanitish maqsadi yotibdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA birinchi Vitse–Prezidenti Adham Ikramov ma’lum qildi.

Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligining majlislar zalida IKA Prezidenti Haydar Farmon, Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA Birinchi Vitse–Prezidenti Adham Ikromovlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida 23—29 noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxabod shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan XIV-jahon chempionati va IKAning navbatdagi Kongressi dasturi haqida ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumanida so‘z olgan “Daryo” jurnalisti Yoshlar siyosati va sport vaziri, IKA birinchi Vitse–Prezidenti Adham Ikromovga yuzlanib, “Kurash bo‘yicha jahon chempionatlari tarixiga qaraydigan bo‘lsak, 1-jahon chempionati 1999 yil Toshkentda bo‘lgan, oradan 12 yil o‘tib, 2011 yilda Termizda jahon chempionati o‘tkazilganini eslaymiz. Aytingchi, kurash Vatanida qachon kurash bo‘yicha jahon yoki Osiyo chempionatlari o‘tkaziladi?”, — deya savol berdi.

Vazir Adham Ikromov kurash bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan chempionatlarni xorijda o‘tkazish orqali o‘zbek kurashini dunyoga tanitish maqsadi borligini aytdi.

"Chempionatlarni chetda o‘tkazishimiz, masalan o‘tgan yili Hindistonda, bu yil Turkmanistonda o‘tkazishdan maqsad milliy kurashimizni imkon qadar butun dunyoga tanitishdan iborat. Afrikada bir o‘tkazsak, Amerikada bir o‘tkazishimiz kerak. Dzyudo bo‘yicha chempionat har safar Yaponiyada o‘tkazilganida u bu qadar ommalashmagan bo‘lardi deb o‘ylayman", — dedi vazir savolga javob berar ekan.


Foto: “Daryo”

Vazir Adham Ikromov Xalqaro kurash assosiatsiyasi prezidenti Haydar Farmon ham uning fikrini qo‘llab-quvvatlab, o‘zbek kurashini dunyoga tanitish uchun chempiontalarning ko‘proq chet mamlakatlarda o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qildi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, milliy kurash bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlarining O‘zbekistonda o‘tkazilishi ham katta ahamiyat kasb etadi.

"Chempionatlarni O‘zbekistonda ham o‘tkazishga imkoniyatlarimiz bor. O‘ylaymanki, tez orada O‘zbekiston ham milliy kurash bo‘yicha chempionatlarga mezbonlik qiladi", — dedi u.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy kurash bo‘yicha chempionatlarga mezbonlik qilmayotgani sababi ochiqlandi