date

Arsen Venger “Arsenal”da ko‘rishni istagan yulduzlari

Arsen Venger “Arsenal”da ko‘rishni istagan yulduzlari

“Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger tarkibni kuchaytirish uchun doimo bir qator yulduz futbolchilarni ko‘rishni istaydi. Quyida fransuz mutaxassisi nazarida turgan futbolchilar xususida so‘z yuritamiz.

Edinson Kavani, PSJ

Urugvaylik hujumchi PSJni tark etadi deganidan beri, Vengerning halovati yo‘qolgan. U Kavani bo‘yicha qator takliflar bilan chiqqan bo‘lsa-da, lekin PSJni sotishni istamayapti. Venger esa urugvaylik forvard bilan jamoani kuchaytirishni doimo rejalashtirib kelyapti.

Gonsalo Iguain, «Yuventus»

“Yuventus” ilib ketgan bo‘lishiga qaramay, Venger Gonsaloni taklif qilishdan umidini uzmagan. Argentinalik forvard “Real”dan ketayotganidayoq “Arsenal” sotib olmoqchi bo‘lgandi. Lekin o‘shanda, tomonlar moliyaviy taraflama kelishuvga erisha olmagandi.

Jeymi Vardi, «Lester»


“Lester”ning yuragi bo‘la olgan Vardi ham Vengerning ishonchiga kirgan. “Arsenal” Vardini sotib olishi mumkin edi. Deyarli kelishuvga erishilgandi. So‘nggi pallada esa Vardi “Lester”dan ketmasligini ma’lum qilib, fransiyalik mutaxassisni hafsalasini pir qilib qo‘ydi. Shunga qaramay, fransuz murabbiyi qachondir uni “Arsenal”ga olib kelishini ma’lum qilmoqda.

Toni Kross, «Real»


Germaniyalik futbolchi maydonda katta ko‘lamdagi ishlarni bajaradi. Yakka kurashlardan aslo qomasligini ko‘p marotaba isbotlab qo‘ygan. Lekin, Kross darajasidagi futbolchilarni sotib olish oson ish emas. Venger esa Kross orqali yarim himoyani kuchaytirishni doimo istab kelgan. Lekin, maqsadiga erisha olmasligiga etarlicha sabablar bor. Ba’zida moliyaviy tomonlama transfer amalga oshirilmaydi. Mablag‘ topilsa, raqib jamoa sotgisi kelmay qoladi.

Jon Stouns, «Everton»)

“Everton”da yulduzli onlarini o‘tkazayotgan qahramonimiz allaqachon Vengerni nazariga tushgan. Stounz himoyada o‘ta ehtiyotkorlik bilan to‘p surib keladi. Shu jihatidan bo‘lsa kerak, Arsen Venger unga talabgor bo‘lib chiqishdan aslo charchamayapti. Biroq har doimo ham maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsen Venger “Arsenal”da ko‘rishni istagan yulduzlari