Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Smart o‘zining Twitter'dagi sahifasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi.

"Ajoyib yangilik! O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Angliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqqani bilan tabriklaymiz. Shu ruhda davom eting", – dedi Smart.

Buyuk Britaniya elchisi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini Angliya ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Eslatib o‘tamiz, mundial chorak finali doirasidagi Fransiya – O‘zbekiston o‘yini 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:30 da start oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar