09:09 / 25.11.2023
721

Murabbiy bu gaplarni Fayzullaev ketib qolgani uchun aytgan

Murabbiy bu gaplarni Fayzullaev ketib qolgani uchun aytgan

Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimizdan biri – “Rubin” sharafini himoya qilayotgan Rustam Ashurmatov metaratings.ru saytiga intervyu berdi.

27 yoshli futbolchimiz 2023 yilning boshidan beri “Rubin” jamoasida to‘p tepyapti. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bo‘lgan markaziy himoyachi faoliyati davomida yurtimizdan tashqari, ma’lum muddat Janubiy Koreyaning ikki klubida ham o‘ynagan.

Sports.uz portali o‘zbek futboli ishqibozlari e’tiboriga Rustam Ashurmatovning intervyusini havola etadi.

  “Rubin”ning O‘zbekistondan kelgan futbolchilar bilan munosabati juda yaxshi. Qozon jamoasida Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Vagiz Galiulin  o‘ynagan. O‘zbekistonda sizlarning faoliyatingiz va “Rubin” o‘yinlarini kuzatishadimi?

– Men “Rubin”da yana Marat Bikmaev va Bahodir Nasimov o‘ynaganini ham eslayman.  O‘zbekistonda futbolga ozgina qiziqadigan odam ham “Rubin”ni katta klub, deb biladi. “Rubin”dan Qurbon Berdiev ishalagan va Markaziy Osiyodan futbolchilar va murabbiylarni jalb qilgan davrdan beri qiziqib kuzatishadi.

O‘zbekistondagi muxlislar va jurnalistlar men bilan “Rubinga ko‘chib o‘tganimdan keyin ko‘proq qiziqa boshlashdi. Janubiy Koreyada o‘ynaganimda bunday bo‘lmagan. Men O‘zbekistondagi futbol ishqibozlariga Koreyaning kuchli jamoalarini sanab berishim mumkin, lekin ular bu jamoalarni eslay olmaydi. “Rubin” nomini aytsam, hamma jamoa haqida nimalarnidir gapirib bera oladi.

– O‘zbekistonda “Rubin”ga qiziqish haqida gapirding. O‘zbek futbolchilariga Rossiya qanchalar qiziq? Chunki jamoalarimiz Evrokuboklarda qatnashmayapti. Mamlakat Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tgani yo‘q.

–  Xalqaro o‘yinlar – futbolchilar uchun juda muhim. Ko‘pchilik balki shuning uchun bu erga kelishga shoshilmayotgandir. Lekin Rossiya chempionati saviyasi O‘zbekistonnikidan kuchliroq. Lekin hozir bu farq juda kichraygan. Shunga qaramay, Rossiya klublaridan taklif bo‘lsa, o‘zbek o‘yinchilari bu erga bugunoq ko‘chib o‘tishga tayyor.

– Fayzullaevning “Paxtakor”dagi murabbiyi Maksim Shatskix Abbosning TsSKAga o‘tish qarorini xato ekanini va hozirgi paytda Rossiyada rivojlanib bo‘lmasligini ta’kidladi. Sen bu gapga qo‘shilmaysan shekilli?

– Men uni hurmat qilaman. Lekin u bu gaplarni Abbos ketib qolayotganidan xafa bo‘lib gapirgan bo‘lsa kerak. Shatskix kuchli o‘yinchi bilan xayrlashishni istamagani uchun bu transferga shunday munosabat bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev o‘ziga bir necha klublar qiziqish bildirganiga qaramay, avgust oyida TsSKAga ko‘chib o‘tdi. “Paxtakor” rahbariyati avvaliga asosiy o‘yinchilardan birini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishni istamagan edi.

Biroq Fayzullaev shartnomasida belgilangan 500 ming evro miqdoridagi badal puli to‘langanidan keyin Moskvaga yo‘l oldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murabbiy bu gaplarni Fayzullaev ketib qolgani uchun aytgan